Texnikumda 5 ta ta’lim yo’nalishlari. Taʼlim yoʼnalishlari: 1. Аxborot xavfsizligi 2. Kompyuter injiniringi 3. Dasturiy injiniringi 4. Telekommunikatsiya texnologiyalari 5. Pochta aloqa texnologiyalari
Buxoro axborot texnologiyalari texnikumi ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi
Texnikumning quvvati 615 o‘quvchini o‘qitishga mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda 3 qavatli bosh o‘quv bino, oshxona, 420 o‘rinli faollar zali, sport zal, ustaxona, qozonxona, katta va kichik futbol maydonlari mavjud
Buxoro axborot texnologiyalari texnikumi uchun samtuit.uz da quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: Elektron ariza – mutaxassisligi yoki kasbi, o’qitish tili, ta’lim muassasasini tugatganligi to’g’risidagi ma’lumotni ko’rsatgan shaklda;
Buxoro axborot texnologiyalari texnikumida yuqori malakali va ilmiy salohiyatga ega, o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lgan pedagog – o‘qituvchilar bilan taminlangan.
Texnikum Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi va oliy ta’lim tizimi bilan integrallashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan hamda oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan ta’lim massasasidir