Shu yilning o‘zida Toshkentning kitob do‘konlaridan adabiyotlarni sotib olish boshlangan. 1956 yilning 1 yanvarida kutubxona fondi 4395 nusxali kitob tashkil etar edi. 15 o‘qituvchiga va 153 talabaga xizmat ko‘rsatar edi. Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan 6 ming kitobxonga va elektron manbalardan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Kitobxonlar orasida universitet talabalari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, xodimlari, aspirantlaridan tashqari boshqa oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘qituvchilari, malaka oshirish kursi tinglovchilari, telekommunikatsiya sohasidagi korxona xodimlari ham mavjud. ARM abonement tizimi orqali kitoblarni uyda hamda qiroatxonalarda foydalanishning keng imkoniyatini yaratadi. ARM an’anaviy, ya’ni qog‘ozda tashuvchi va elektron ma’lumotlardan iborat.